Shaytanat — Tohir Malik qalamiga mansub „Shaytanat“ asari asosida 1998-yilda suratga olingan kriminal
teleserial.
Ekranlarda: 15-fevral 1999-yildan 12-mart 1999-yilgacha
Rejissyor: Jahongir Qosimov Yodgor Saʼdiyev
Tafsilotlar: Mashhur qoʻshiqchi Elchin oʻz xotinini qasddan oʻldirganlikda ayblanib, koʻp yillarga qamalib ketadi. Gap shundaki, u gʻirt mast holda qimor oʻynab, hamma narsasini yutqazib qoʻyadi. Yutib chiqish umidida xotinini ham qimorga tikib yuboradi. Oxir-oqibat yutqazib qoʻygan Elchin nima boʻlayotganini anglamay, mastlik taʼsirida uxlab qoladi. Oʻziga kelgach xotinini oʻlik holda topadi. Bu qotillik mashhur jinoiy toʻda yetakchisi Asadbekning odamlari tomonidan sodir etilganini tushunib yetadi. Endilikda Elchinnning maqsadi — Asadbekdan qasos olishdan iborat.
| Aktyor | Rol |
|---|---|
| Yodgor Saʼdiyev | oʻzbek jinoiy toʻda yetakchisi Asadbek / Asadbekning otasi |
| Behzod Muhammadkarimov | qoʻshiqchi Elchin (Bulbul) |
| Omon Burxonov | prokuratura tergovchisi Zohid Sharipov |
| Gulchehra Jamilova | Asadbekning ayoli Manzura |
| Navroʻza Biynozova | Asadbekni qizi Zaynab (yoshligi) |
| Bahrom Matchonov | tarixchi Anvar Sattorov |
| Poʻlat Saidqosimov | qonundagi oʻgʻri Zelimxon (Akademik) |